Muxlislik
Ho'sh buni bizga nima foydasi bor? Saviyasiz muxlismi elegantmi foyda keltiradimi? Saviyasiz muxlis bo'lib kulguga qolib yurgandan yaxshiligi eng yaxshi tarafi. Keyin yana bir narsa siz elegant muxlis bolib yursangiz boshqalar klubingiz muxlislari haqida ham shunaqa o'ylashadi. Elegant muxlislari qanchalik ko'p bo'lsa klubga bo'lgan hurmat ham oshadi. Saviyasiz muhlis fikridan keyin o'z meni yerga urilgan boshqa muxlis siz haqingizda ham, jamoangiz haqida ham hech qachon yaxshi fikr bildirmaydi... Endi o'tirib o'ylab ko'ring siz saviyasiz muxlismisiz yoki elegant? Arsenal muxlisi bo'lsangiz aytib qo'yay yoki elegant muxlis bo'ling yoki umuman Arsenalga muxlis bo'lmang. Ya'ni elegant Arsenalga elegant muxlislar loyiq. Jamoaga loyiq bo'laveraylik. Saviyasiz muxlis bo'lsangiz bu tuzatib bo'lmas ish emas. Buni qayerdan bilib olaman deysizmi? Hozir shuncha narsani erimay o'qib yozilganlar haqida o'ylayapsizmi demak siz elegantsiz. Aksincha eee vaqtim uvol ketdi, buni nima farqi bor deyayotgan bolsangiz bilingki siz meningizni tuzatishingiz kerak... Man bu fikrlarim bilan futboldan emotsiyalarni olib tashlamoqchi emasman. Shunchaki elegant futbol ko'rsatyotgan klublarga elegant muxlislar yarashadi. Arsenalni qachon tashkil topgani, yutgan kuboklari, shonli tarixi, unda o'ynagan ko'plab yulduz futbolchilar, unutilmas o'yinlar haqida gapirib City baribir o'tib ketadi deb shunchaki yozadigan saviyasiz muxlis bilan bahslashmoqchi emasman. Elegant muxlis esa boshqa klubga muxlis bo'lsa ham Arsenalni top jamoa va elegant muxlislarga ega ekanini aytmasak ham biladi... Ha aytgancha: City baribir o'tib ketadi :) @poziljonov_ars