1 мин.

Real Madrid 2016!!!

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo ortta qolgan mavsum haqida o’z fikrlarini bildirdi va Madrid klubi bilan shartnomasini uzaytirganiga izoh berdi.

 

«Agarda «Barselona» bo’lmaganida, «Real» Ispaniya chempionatini murabbiysiz ham yutgan bo’lar edi. Biz 100 ochko to’pladik va «Barselona»ni to’qqiz ochkoga ortta qoldirdik. Bunday poygani Angliyada ham, Italiyada ham, Frantsiyada ham ko’rmaganman.

 

Ha, «Real» bilan shartnomamni 2016 yilgacha uzaytirdim. Ammo hamma vaqt klub saviyasiga mos bo’lishim talab etiladi – bu yerda ketma-ket ikki bora mag’lubitga uchrasam haydalishim mumkin. Men muvaffaqiyatlarga erishish uchun qo’limdan kelgan barcha ishni qilaman», – deydi Mourinyo AS nashriga bergan intervyusi chog’ida.

 

Men o'yinchilar bilan doim muloqotda bo'laman, muxlislarning munosabatini kuzataman va shuni aytishim mumkinki ular jamoaning hozirgi xolatidan mamnunlar. Klub rahbariyati ham menga ishonch bildirdi. Peresning Yangi galaktikos haqidagi rejasini menga ishongani esa meni shartnomani uzaytirishga undadi. 

 

Jamoam yosh tarkibga ega. Biz doim kelajakni o'ylab ish olib boramiz. O'laymanki hozirgi tarkibdagi barcha o'yinchilar 2016-yilga qadar yuqori darajada o'ynay oladilar », – deydi Mourinyo AS nashriga bergan intervyusi chog’ida.